

O'z yurishini O'zbekiston Pro ligasida boshlagan jamoa vakillari Parij-2024 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi sari hozirlik ko'rmoqda.
Ushbu jamoa uy uchrashuvlarini Toshkentdagi JAR stadionida o'tkazib kelmoqda. Yosh futbolchilarni mazkur o'yingohga ko'plab futbol ixlosmandlari tashrif buyurib, Timur Kapadze shogirdlarini qo'llab-quvvatlab turishibdi.
Olympic jamoasi yuqoridagilarni hisobga olgan holda, o'z qoshida muxlislar klubini tashkil etishni lozim topdi. E'tiborlisi, ushbu fan klubga barcha o'zbek jamoalari muxlislari a'zo bo'lishlari mumkin.
Zero Olympic oddiy futbol klubi emas, balkim O'zbekiston olimpiya terma jamoasidir. Barcha futbol ishqibozlarini Olympic jamoasi muxlislar klubiga taklif etamiz.
25 aprel soat 09.00-12.00 da JAR stadionida kutib qolamiz. O'zingiz bilan passport nusxasi va 2 dona (3x4 hajmdagi) fotosurat olib kelishingiz so'araladi.
Ma'lumot uchun: +998983105464 (Odilxo'ja)




