

Angliya Premer-ligasi klubi tomonidan "Milan" hujumchisining klubdagi holati o'rganib borilyapti. Agar fransiyalik futbolchi A Seriya vakili bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, "Fulxem" ishga kirishadi.
Joriy mavsumda Jiru "San Siro" egalarining ajralmas qismi bo'lib, jami 11 ta gol urishga erishdi. 36 yoshli futbolchi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma mavsum oxirida o'z nihoyasiga etadi. Forvard kelasi mavsumda Londonga qaytishni istayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, jahon chempioniga ingliz klublari – "Vest Xem", "Kristal Pelas" va "Brentford" jamoalaridan qiziqish bo'lmoqda.



