"Fuenlabrada" - "Real". "Qirollik klubi" qaydnomasi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2017, 16:09
Bugun Madridning "Real" klubi Ispaniya Kubogi doirasida "Fuenlabrada" mehmoni bo'ladi.

Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:30da start oladi. "Qirollik klubi"ning "Tvitter"dagi sahifasi ushubu uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo'lgan 16 futbolchi nomini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Moxa.

Himoyachilar: Xesus Valexo, Nacho, Teo Ernandes, Ashraf Xakimi, Texero, Kvezada, Manu Ernano.

Yarim himoyachilar: Markos Lorente, Marko Asensio, Dani Sebalos, Feuilyasser, Kristo.

Hujumchilar: Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia