Frimpong jarohati qanchalik jiddiy ekani ma'lum bo'ldi

Administrator
31 okt 2025
"Liverpul" himoyachisi sonining orqa qismidan jarohat oldi.

Jeremi Frimpong jarohati tufayli bir yarim oyga safdan chiqdi. "Liverpul" himoyachisi Chempionlar ligasining "Ayntraxt"ga qarshi o'yinida (5:1) sonining orqa qismidan jarohatlanib qoldi.

talkSPORT xabariga ko'ra, gollandiyalik futbolchi taxminan 6 hafta o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Frimpong may oyi oxirida "Bayer"dan "Liverpul"ga 35 million evro evaziga o'tgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: talkSport