Frenki de Yong: “Ronalduni diqqat bilan qo'riqlashimiz lozim bo'ladi”

7 iyun 2019, 08:15
Niderlandiya terma jamoasiy yarim himoyachisi Angliya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz ishlashda davom etmoqdamiz va hech qachon taslim bo'lmaymiz. Bu birinchi irodali g'alabamiz emas. Portugaliyada ko'plab yaxshi o'yinchilar bor. Ularning Shveysariyaga qarshi o'yinini biroz ko'rdim. Ronaldu o'yin taqdirini hal etdi, uni diqqat bilan qo'riqlashimiz kerak”,- dedi de Yong.

Ma'lumot uchun, Niderlandiya hamda Portugaliya o'rtasidagi final bellashuvi 9 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA