Frenk Lempard "Chelsi"ga qanday futbolchilar kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
3 may 2020, 15:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachi Ngolo Kante haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Mavsum to'xtatilgunga qadar bizda 4-5 nafar jarohatlangan futbolchilar bor edi. Ularning orasidagi Kante so'nggi mavsumlarni yuqori saviyada o'tkazmoqda va murabbiylar ham uni ajoyib ravishda ishlatishdi.

Ushbu mavsumda u faqatgina 40 foiz o'yinlarda qatnashdi va juda ko'p qiynaldi. Ko'p o'yinlarda uning o'rni bilindi. Shak-shubxasiz, Kante bizga kerak.

U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. "Chelsi" murabbiyi bo'lgunimga qadar ham u haqida ko'p narsalarni bilardim. Endi esa u bilan birga ishlayapman. Mana shunday futbolchilar "Chelsi"ga juda ham kerak", - dedi Lempard.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal