Fred: "Skolari "Shaxter"ga o'tishimdan oldin meni tinchlantirdi"

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 22:10
"Shaxter" yarim himoyachisi Fred Ukrainaga ko'chib o'tishidan oldin Braziliya terma jamoasiga chaqirilmasligi mumkinligidan qo'rqqanini tan oldi.

20 yoshli futbolchi Doneckka "Internasional"dan mana shu yozda 15 million evroga ko'chib o'tdi.

  – Terma jamoaga har safar chaqirilganimdan ajoyib hissiyotlar qamrab oladi, – deydi Fred klub rasmiy saytiga. "Shaxter"ga kelishimdan oldin terma jamoaga chaqiruv olish borasida qiyinchilikka uchrashim mumkinligini o'ylagandim. Skolari menga shunday javob berdi: "Tinchlan, men bu yerdagi va Yevropadagi futbolchilarni birdek kuzatib boraman. Agar sen o'zingni ko'rsata olsang, albatta chaqiramiz".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru