Fransesk Fabregas: "Ronaldinyo va Ronalduning o'yinlarini ko'rganiz, lekin Messi..."

"Monako" yarim himoyachisi Fransesk Fabregas "Barselona" klubidagi sobiq jamoadoshi, hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.

– Kelajakda Messi darajasidek futbolchi bo'ladimi?


"Buni o'ylashning iloji yo'q. Ronaldinyo, Ronaldu, ular mo'jizalar yarata olishadi, lekin Messi 15 yildan beri eng yaxshi bo'lib kelgan. Bu uning uchun 17-mavsum. Messida aqlbovar qilmas narsalarni ko'rdim: u har 3 kunda gol urardi, keyin Argentinaga uchardi va qaytib kelib xet-trik qayd etgan paytlar ham bo'lgan. Menga ishoning, bu oddiy narsalar emas", - deydi Fabregas.


Manba: as.com