Frank Riberi: “Messi va Ronaldu” mendan ko'proq gol urishdi, biroq men ulardan ko'proq sovrinlarni qo'lga kiritdim

Tolibjon Qosimov
17 avg 2013, 16:59
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi, o'zini yil yakuni bo'yicha Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi nomi uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rayapti.

“Butun 2012/13 mavsumi davomida men maksimal futbol namoyish etdim. Men har doim o'z formamni saqlab keldim va barcha sovrinlarni qo'lga kiritdim. Buni men asos sifatida keltirayapman.

Messi va Ronaldu mendan ko'proq gol urishdi, biroq men qo'lga kiritilishi kerak bo'lgan barcha sovrinlarga ega bo'ldim.

Ularning ikkalasi ham ajoyib futbolchilar, lekin bu nomga sazovor bo'lish uchun mening imkoniyatlarim katta”, - fransiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi Football Espana.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru