Frank Riberi: "Arsenal"ni Londonda ham mag'lub etishimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
7 mar 2017, 09:45
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi YCHL 1/8 finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Birinchi o'yinda "Bavariya" o'z uyida 5:1 hisobida zafar quchgandi.

"Bu Yevropa chempionlar ligasi o'yini. "Arsenal" - yaxshi jamoa. Albatta, birinchi o'yinda yaxshi natijaga erishdik. Ammo biz "Arsenal" maydonida ham g'alaba qozonishni istaymiz. Bu keyingi o'yinlardan oldin bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi", - deydi Riberi "Bavariya" klubi rasmiy saytiga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbayern.de