Frank de Bur: "Mourinyo faoliyati davomida deyarli milliard funt sarfladi va uning jamoasi mana shunday o'ynamoqda"
Tolibjon Qosimov
14 mar 2018, 14:22
Gollandiyalik murabbiy Frank de Bur MYUning Chempionlar ligasidan chiqib ketgani haqida gapirib o'tdi.
"Mourinyo men Premer-liga tarixidagi eng yomon murabbiy ekanligim haqida gapirishi mumkin. Lekin, bugun faoliyati davomida deyarli milliard funt sterling sarflagan murabbiy va uning jamoasi mana shunday o'ynamoqda", - dedi de Bur.