

U aprel oyining boshida ish boshlashi kutilmoqda.
Markazda Fransiyaning Sena-Sen-Deni departamenti aholisi emlanadi. Biroq u yerda mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan aholi vakillari ham emlanishi ko'zda tutilgan.
Hozirgi vaqtda Sena-Sen-Deni departamenti koronavirusning eng yuqori tarqalish ko'rsatkichiga ega. 100 ming aholi orasida haftasiga 546 ta yuqtirish holati to'g'ri kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Marseldagi "Velodrom" stadionida ham vakcinaciya markazi ochilgan edi.



