Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi!

Mirjalol Normatov
25 dek 2018, 20:31
"France Football" nashri Fransiyada 2018 yilning eng yaxshi futbolchisini ma'lum qildi.

PSJ va Fransiya termasi hujumchisi Kilian Mbappe bu sovringa loyiq ko'rildi. U bu borada Antuan Grizmanni ham ortda qoldira oldi.

Mbappe yaqindagina "Oltin to'p" topshirish marosimida yilning eng yaxshi yosh futbolchisi ham bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football