Fransiya terma jamoasi darvozaboni "Lans" bilan hamkorlikni davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 11:59
"Lans" rasmiy sayti posbon Bris Samba bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar berdi.

Yangi kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Darvozabon "Lans"ga 2022 yilning iyulida "Nottingem Forest"dan kelib qo'shilgandi. 2023 yilning iyun oyida u Fransiya terma jamoasida debyut qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 13 million evroga baholamoqda.

29 yoshli Samba o'tgan mavsum 37 ta o'yin o'tkazdi, shulardan 15 tasida darvozasidan to'p olib chiqmadi. Shuningdek, u Liga 1'da 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rclens.fr