Fransiya terma jamoasi 6 yil ichida ilk marta ketma-ket 2 ta o'yinda 4+ gol urdi

26 mar 2019, 09:00
Fransiya terma jamoasi kecha Islandiyani 4:0 hisobida mag'lub etdi.

“Uch ranglilar” Evro-2020 saralashini Moldova ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alaba bilan boshlagan edi. Shu tariqa Fransiya 6 yil ichida ilk bor ketma-ket 2 ta rasmiy o'yinda 4 tadan kam gol urmadi.

Jamoa 2013 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Belarusni 4:2, Avstraliyani esa 6:0 hisobida taslim qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com