Fransiya milliy jamoasining mart oyidagi o'yinlari uchun tarkibi e'lon qilindi

Khoja
16 mar 2024, 07:57
Fransiya mart oyida Germaniya va Chiliga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydongatushadi.

Jamoa 23 mart kuni Germaniyaga qarshi maydonga tusha, 26 mart sanasida Chili bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Dide Desham bo'lajak o'yinlarga 23 futbolchini jalb etdi. 

Darvozabonlar: Alfons Areolya (Vest Hem), Mayk Menyan (Milan), Bris Samba (Lans);

Himoyachilar: Jonatan Kloss (Marsel), Lyuka Ernandes (PSJ), Teo Ernandes (Milan), Ibrohim Konate (Liverpul), Jyul Kunde (Barselona), Benjamen Pavar (Inter), Vilyam Saliba (Arsenal), Dayo Upamekano (Bavariya);

Yarimhimoyachilar: Eduardo Kamavinga, Orelien Chuameni (ikkisi – Real), Yusuf Fofana (Monako), Adrien Rabio (Yuventus), Uorren Zair-Emeri (PSJ);

Hujumchilar: Musa Diabi (Aston Villa), Olivie Jiru (Milan), Antuan Grizmann (Atletiko), Markus Tyuram (Inter), Randal Kolo-Muani, Usmon Dembele, Kilian Mbappe (barchasi  PSJ).


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com