Fransiya - Marokash o'yinini Ramos boshqaradi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2022
FIFA Fransiya hamda Marokash o'rtasidagi JCH-2022 yarim final o'yinida ishlaydigan hakamni aniqlab oldi.

Uchrashuvni meksikalik referi Sesar Artro Ramos boshqaradi. U ushbu turnirda avval ham Marokash o'yinini boshqargan. O'shanda Valida Regragi shogirdlari Belgiyani 2:0 hisobida taslim qilgan edi.

Fransiya hamda Marokash o'rtasidagi bahs 14 dekabr kuni o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe