Fransiya liga kubogining titul homiysi o'zgardi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019
Bugun Fransiya futboli federatsiyasi matbuot xizmati mamlakat liga kubogining titul homiysi o'zgarganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, "Pro Evolution Soccer"ning seriyali o'yinlari dasturchisi va yaratuvchisi "Konami" Fransiya ligasi kubogining titul homiysiga aylandiyu

Endi "Konami" logotipi liga doirasidagi har bir o'yinda qatnashadigan jamoalarning liboslarida paydo bo'ladi.

Aytilishicha, ushbu kelishuv uzoq yillarga mo'ljallangan. Biroq shartnoma shartlari aniqlashtirilmayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe