Fransiya klubi Grinvudni sotib olishni istamagani ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023, 14:34
Angliyalik futbolchi Liga 1'da ishtirok etishi mumkin.

"Brest" "Manchester Yunayted" vingeri Meyson Grinvudni sotib olishdan bosh tortdi. Bu haqda klub sport direktori Gregori Lorenci ma'lum qildi.

"Bizga "Manchester Yunayted" sportga oid bo'lmagan sabablarga ko'ra chetlashtirgan Grinvudni taklif qilishdi. Ammo qarama-qarshi fikrlar va uning maoshi tufayli biz u bilan shartnoma imzolash haqida o'ylaganimiz ham yo'q", – dedi funkcioner.

Grinvud ushbu yozda ijara asosida "Xetafe"ga o'tdi. Avvalroq "Lacio" prezidenti angliyalik futbolchini o'z klubiga qo'shib olmoqchi ekanini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Programme