Fransiya chempionatining yana bir o'yini qoldirildi

Mirjalol Normatov
20 yanv 2021, 23:25
Koronavirus sababli "Loryan"ning Fransiya chempionati doirasidagi yana bir o'yini qoldirildi.

Ushbu jamoaning "Nim"ga qarshi o'yini ushbu hafta yakunida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo o'yin keyinroqqa qoldirildi.

Oldinroq "Loryan"ning "Dijon"ga qarshi bahsi ham qoldirilgandi.

Ayni damda "Loryan" Fransiya chempionati turnir jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal