

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga besh futbolchi kurashadi: Kilian Mbappe (PSJ), Neymar (PSJ), Burak Yilmaz (“Lill”), Memfis Depay (“Lion”) va Vissam Ben Yedder (“Monako”).
Shuningdek, Fransiya chempionatida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga davogarlar ham e'lon qilindi: Eduardo Kamavinga (“Renn”), Maksans Kakere (“Lion”), Sofyan Diop va Orelen Tchuameni (ikkisi “Monako”) hamda Amin Guri (“Nica”).



