

Lyusen Favr boshchiligidagi "Nicca" jamoasi o'z uyida "Anjer"ni mehmon qildi. Gollarga boy o'tgan bahsda g'olib nomi aniqlanmadi.
Ikkinchi uchrashuvda esa "Monako" "Lill"ga safar qildi. Bu o'yinda Jardim shogirdlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Chempionat to'purari Radamel Falkaoning dubli, Yovetich va Gezzalning gollari "Monako"ga yirik g'alabani taqdim etdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Monako" jamoasining ochkolari 18taga etdi va ular peshqadam PSJga yetib olishdi. Ammo PSJ jamoasi o'zining tur bellashuvini bugun "Monpele"ga qarshi o'tkazadi.
Fransiya chempionati, 7-tur. Turnir jadvali
Nicca – Anjer 2:2 (1:2, 1:0)
Stad de Nis
Gollar: 0:1 – 12 Pavlovich, 0:2 – 34 Toko-Ekambi, 1:2 – 39, penalti Balotelli, 2:2 – 76, avtogol Traore.
Nicca – Kardinal, Suke, Dante, Le Marshan, Jalle, Sent-Maksimen, Kozello (Tamez, 69), Mendi, Le-Melu, Plea, Balotelli.
Anjer – Letele, Manko, Pavlovich, Traore, Toma, Andre, Te (Sunu, 79), Taxrat (Santamariya, 51), Mangani, Fyuljeni (Kapel, 60), Toko-Ekambi.
Ogohlantirishlar: Taxrat (40), Le Marshan (46), Balotelli (63), Kardinal (71), Pavlovich (75), Dante (90).
Lill – Monako 0:4 (0:2, 0:2)
Per-Morua
Gollar: 0:1 – 24 Yovetich, 0:2 – 30 Gezzal, 0:3 – 48 Falkao, 0:4 – 73, penalti Falkao.
Lill – Menyan, Kuame, Alonso, Ie, El-Gazi (Baluli, 57), Amadu, Pepe, Bissuma, Luis Araujo (Faraj, 46), Tiago Mayya, Benziya (Ponse, 69).
Monako – Benalo, Glik, Jorje, Ture, Jemerson, Fabino, Moutinyu, Lopesh, Gezzal (Lemar, 79), Falkao (Karrilo, 85), Yovetich (Diakabi, 66).
Ogohlantirishlar: Gezzal (60), Jemerson (70), Ponse (88).



