Fransiya chempionati. 94-daqiqada kiritilgan gol “Monako”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

7 apr 2019, 08:12
Fransiya chempionatining 31-turida “Monako” safarda “Gengam” mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda mehmonlar himoyachisi Feliks Eboa Eboa 23-daqiqada hisobni ochdi. Monegaskliklar 90+4 –daqiqada Stefan Yovetichning goli evaziga safardan bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi.

Ayni paytda “Monako” mamlakat chempionati turnir jadvalida 16-pog'onada bormoqda. Jardim shogirdlari hisobida 31 ochko mavjud. “Gengam” esa 20 ochko bilan so'nggi pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia