Franchesko Totti: Orzuim – Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish

Aziz Tukhtamuradov
3 mar 2014, 21:47
Roma jamoasi yarim himoyachisi Franchesko Totti o'zining orzusi va orzusidagi terma jamoasi haqida gapirib o'tdi.

“Bilaman, buning uchun vaqt kam qolgan. Lekin, mening orzuim – Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish.

Mening orzuimdagi terma jamoam esa quyidagicha: Buffon, Maykon, Samuel, Kandela, De Rossi, Xavi, Inesta, men, Krishtianu Ronaldu, Messi va Ibragimovich.

Ushbu o'yinchilardan tashkil topgan jamoa meni idealimdagi va eng qimmat jamoa bo'lardi”, - deydi Totti. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru