Franchesko Totti Daniele de Rossidan "Roma"da qolishini so'radi
Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013, 11:29
Roma sardori Franchesko Totti klubdoshi Daniele de Rossini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi va klubni tark etmasligini so'radi, deb xabar bermoqda Football Italia.
Dani, seni 30 yoshing bilan tabriklayman, bugun sen ham qariding. Agar Romada qolsang bizga katta sovg'a qilgan bo'larding. Birga biz katta sovrin yuta olamiz!, – deydi Totti.