France Football: “PSJ” mavsum so'ngida Azar uchun 80 million evro berishga tayyor”

22 yanv 2014, 11:11
“PSJ” klubi “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarni sotib olishni rejalashtirgan.

Parijliklar yozgi transferlar oynasi mobaynida 23 yoshli Belgiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 80 million evro berishga tayyor, deb xabar beradi France Football.

Ta'kidlab o'tamiz, bu francuz futboli uchun rekord summa sanaladi. O'tgan yozda Radamel Falkao “Atletiko”dan “Monako”ga 60 million evro evaziga o'tgan edi.


Manba: sports.ru