France Football “Oltin to'p” bo'yicha muhim o'zgarishlarga qo'l uradi

Eldor Akmurzayev
12 mar 2022, 08:10
Avvalroq, “Oltin to'p”ning futbolchining bir kalendar yili davomida ko'rsatgan natijalariga qarab berilardi,

Ushbu mukofotni tasis etgan France Football bunga o'zgarishlar kiritishga qaror qilganligi aytilmoqda. Endi sovrin Yevropada mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi bo'lgan o'yinchiga taqdim etiladi.

Shuningdek, g'olibni tanlash mezbonlari ham o'zgaradi. Avvallari jamoaviy yutuqlarga urg'u berilgan bo'lsa, endi individual natijalar ko'proq hisobga olinadi. Klublar va terma jamoalardagi titullar ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'ladi. Keyingi o'rinda esa futbolchining darajasi va Fair Play tamoyillariga sodiqligi turadi.

Ovoz berish qoidalarida ham o'zgarish yuz beradi. Endi so'rovnomada FIFAning erkaklar reytingida top-100 hamda ayollar reytingida top-50;da bo'lgan mamlakat vakillari qatnashadi. Masalan, San-Marino va Komor orollari kabi davlatlarnining vakillari dunyoning eng yaxshi o'yinchisini tanlashda ishtirok eta olishmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Oltin to'p-2022" marosimi joriy yilning oktyabrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Équipe