

France Football ekspertlari har bir o'yin uchun baho qo'yishda maydonda 45 daqiqadan kam o'ynamagan o'yinchilarni hisobga olishgan.
Ramziy jamoadan PSJning 5 nafar, "Renn"ning 3 nafar, "Reyms"ning 2 nafar va "Monako"dan bir nafar futbolchi o'rin oldi.
Darvozabon: Predrag Raykovich (Reyms, o'rtacha baho – 5,96)
Himoyachilar: Amari Traore (Renn, 5,41), Tiago Silva (PSJ, 5,75), Yunis Abdelxamid (Reyms, 5,64), Fetu Mauassa (Renn, 5,59).
Yarim himoyachilar: Marko Verratti (PSJ, 6), Eduardo Kamavinga (Renn, 6,13), Anxel Di Mariya (PSJ, 6,17).
Hujumchilar: Kilian Mbappe (PSJ, 6,35), Neymar (PSJ, 6,07), Vissam Ben-Yedder (Monako, 5,84).




