Fozil Musaev yana gol urdi va "Jubilo Ivata"ga g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2017, 13:25
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod bo'lgan Fozil Musaev to'p tepayotgan Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubi milliy chempionatining 7-turida g'alabaga erishdi.

"Jubilo" bu turda "Sagan Tosu"ni o'z maydonida qabul qildi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Fozil Musaev 90-daqiqada mehmon jamoa darvozasiga gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Jubilo Ivata" - "Sagan Tosu" 2:1

Gollar: Adailton 89, Fozil Musaev 90 - Yoxei Toyoda 88.

Yaponiya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia