Foto-video: "Lokomotiv" va Denisov ham mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Nadirkhuja Yuldashev
19 iyun 2016, 16:21
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi 15 iyun kuni tatildan qaytdi. Jamoa a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tganlaridan so'ng ikki mahaldan iborat mashg'ulotlarni boshlab yubordilar.

Klub rasmiy saytiga bergan intervyusida, jamoa bosh murabbiyi Igor Cherevchenko birinchi yig'in Moskvada bo'lib o'tishini takidlab o'tdi. Orada jamoa 26 iyun kuni Dushanbeda Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar.


Klub 10 iyul kuni Avstriyaga uchadi. Gretsiyada dam olib qaytgan Vitaliy Denisov ham qisqacha intervyu bergan:

- Gretsiyada dam oldim. Barchasi ajoyib. Qizcham, quyosh va dengiz. Oilab bilan bir muddat ajoyib damlarni o'tkazganimdan xursandman.










O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia