Foto: O'yinga ikki kun qolganda....

Tolibjon Qosimov
20 yanv 2015
O'zbekiston milliy terma jamoasi "SS Anderson Oval" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.
Islom To'xtaxo'jaevni inobatga olmaganda, qolgan barcha futbolchilar to'liq tarkib bilan shug'ullandilar. Islom kechagi mashg'ulotlarda ham qatnashmagan edi. Ahmedov o'zini yaxshi xis qilyapti, og'riq bor-ku, ammo o'ynasa bo'ladi.

"Aslida birinchi bo'limni o'zidayoq almashtirilaman deb o'ylagan edim. Og'riqni kuchi oyoqni zir titratdi. Jarohat olingan payt oyog'im sindi deb ham o'yladim. Hayriyat unday bo'lib chiqmadi. Hozir ukol bilan shug'ullanib turaman. Janubiy Koreyadan o'tib olsak bo'lgani", - deydi Odil Ahmedov.

Kelayotgan o'yinda qanday tarkib tushadi, bu bizga qorong'u. Ammo katta ehtimol bilan o'yin falsafasi saqlanib qolgan holda, tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi.

Mashg'ulotni to'liq kuzata olmadik, Yaponiya - Iordaniya uchrashuviga chipta olish uchun bazi masalalarni hal qilish lozim edi. Yaxshisi, suratlarni tomosha qiling.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia