Fotix Terim yana Turkiya terma jamosini boshqarishi mumkin

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 16:29
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Abdulla Avchi iste'foga chiqdi, deb xabar beradi UEFA rasmiy sayti.

50 yoshli mutaxassis 2011 yilda terma jamoaga Gus Xiddinkning o'rniga bosh murabbiy bo'lgan edi.

Turkiya futboli rahbariyati “Galatasaroy” klubi bosh murabbiyi Fotix Terimga, Avchining o'rindoshi sifatida qaramoqda. 59 yoshli mutaxassis 1993-1996 yilgacha va 2005-2009 yilgacha terma jamoani boshqargan. 2008 yilda uning qo'l ostida, terma jamoa Yevropa chempionatida bronza medali sohibiga aylangan. Jahon chempionati-2014 yil saralash bahslarida Turkiya terma jamoasi 6 o'yin natijasiga ko'ra 7 ochko to'plashga erishgan va o'z guruhida 4 o'rinni egallagan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru