

10 yanvar kuni O'FA Surxondaryoning "Qiziriq", Buxoroning "Forza", Farg'onaning FarDu jamoalari pulkada muvaffaqiyatli ishtirok etganidan kelib chiqib, Liga qatnashchisi bo'lishi mumkinligini ma'lum qildi. Shu asosda Liga 20 yanvar kuni uch jamoa vakillari ishtirokida uchrashuv o'tkazib, ularga Birinchi liganing minimal talablari xususida ma'lumot berdi.
30 yanvar kuni "Forza" iqtisodiy sabab tufayli Birinchi liga musobaqasida ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi. Ayni vaqtda Farg'ona va Surxondaryo jamoalari Liga qatnashchisi bo'lish uchun harakatni davom ettirmoqda.



