Forlan Urugvay klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Urugvay terma jamoasining sobiq futbolchisi Diego Forlan “Penyarol” (Uruguvay) klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Kelishuv shartlari haqida hozircha hech qanday ma'lumot yo'q.

Forlan joriy yilning avgustida futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini e'lon qilgandi. Uning so'nggi jamoasi Gonkongning “Kitchi” klubi bo'ldi. U bu klub safida so'nggi bor 2018 yilning may oyida maydonga tushgandi. 

“Independente” klubi taribyalanuvchisi Forlan faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Vilyarreal”, “Atletiko”, “Inter”, “Internasonal”, “Sereso Osaka”, “Penyarol” va “Mumbai Siti” jamoalarida to'p tepgan.

2002 yildan 2014 yilga qadar u Urugvay termasi safida 100 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.


Manba: