Forlan: "Manchestyerda ikki yil o'ynab, shaharda ikkita klub borligini bilmasdim"

Mirjalol Normatov
9 avg 2019, 23:40
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, yaqindagina faoliyatini yakunlagan Diego Forlan futbolchilik faoliyatini yodga oldi.

"Futbolga endi kirib kelayotgan davrlarimni eslayman. Bir necha yaqin insonlarim futbolchi bo'lgani bois futbolsiz o'zimni tasavvur qila olmasdim. Chiroqsiz ko'chalarda, to'p ko'rinmasa ham futbol o'ynab yurardik.

Keyinchalik "Independente"da faoliyat olib bordim. 2002 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tganimda shahar ko'chalarda faqatgina ushbu klubning muxlislarini ko'rardim. U paytlari Manchestyerda "Siti"ning muxlislari bunchalik darajada ko'p emasdi. Shu boisdan shaharda ikkita jamoa borligini deyarli bilmasdim", - dedi Forlan.

Urugvaylik futbolchi 2002-2004 yillar davomida mankunianliklar sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal