Football Observatory: MYU tarkibi eng qimmati

Narzulla Saydullayev
4 okt 2016, 08:52
CIES Football Observatory portali Yevropa klublarining hozirgi tarkiblarini yig'ish uchun qancha pul sarflanganini hisoblab chiqdi.
Top-5 Yevropa chempionatlari klublari orasida birinchi o'rinni Manchester Yunayted egalladi – 718 million evro, bu jahon rekordi hisoblanadi.

O'tgan mavsumga qaraganda mankunianliklar tarkibi 185 million evroga qimmatlashdi.

Ikkinchi o'rin Realda – 634 million (+47 mln), uchinchi – Manchester Siti – 611 million (+78 mln).

O'tgan mavsumda Lester Angliya chempioni bo'ldi. Uning tarkibi APLda qimmatligi bo'yicha 17-o'rinda edi.

Transferlar uchun eng ko'p pul sarflagan klublar Top-10 :

1. Manchester Yunayted – 718 mln evro

2. Real – 634

3. Manchester Siti – 611

4. Barselona – 485

5. Chelsi – 481

6. PSJ – 455

7. Yuventus – 395

8. Arsenal – 381

9. Bavariya – 357

10. Liverpul – 356


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-observatory.com