FNL Kubogi. Denisov “Rotor” safida rasmiy o'yinda debyut qildi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2020
Milliy futbol ligasi (FNL) kubogining 1-turi doirasida “A” guruhidan o'rin olgan “Rotor” hamda KAMAZ jamoalari o'rtasidagi bahs jangovar durang (2:2) bilan yakunlandi.

Uchrashuvni zaxiradan boshlagan o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov 2-bo'lim boshida Gennadiy Kisilev o'rniga maydonga tushdi va “Rotor” safida ilk rasmiy o'yinda debyut qildi. 

Volgogradliklar 2-tur uchrashuvini 17 fevral kuni Rossiya U-20 jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, “Rotor” musobaqaning o'tgan yilgi finalchisi hisoblanadi. Amaldagi chempion esa “Avangard” jamoasidir. 

"Rotor" - KAMAZ 2:2 (0:2)

Pafos (Kipr), "Kukliya" stadioni.

Gollar: Piskunov, 54 (1:2), Bayriev, 67 (2:2). - Gagloev, 26 pen (1:0); Karaev, 36 (2:0).

"Rotor": Nesterenko, Kiselev (Denisov, 45), Dovbnya, Udaliy (Bayriev, 45), Piskunov, Tkachuk (Kipiani, 66), Makarov (Poluboyarinov, 65), Fatullaev (Pesegov, 45), Sultonov (Serchenkov, 65), Aleynik, Galadjan (Mullin, 65)

KAMAZ: Kobzev, Krivoruchko, Kirillov, Yakovlev, Gagloev, Voronin, Abazov, Cherniy, Evseev, Karaev, Galiakberov

Ogohlantirishlar: Kiselev, Tkachuk; Gagloev


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia