"Fluminense" Tiago Silvani jalb qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2023, 15:40
"Chelsi" himoyachisi Tiago Silva Braziliya chempionatiga qaytishi mumkin.

Jurnalist Joze Fernandes xabariga ko'ra, "Fluminense" 38 yoshli braziliyalikni 2024 yilgi mavsum uchun sotib olmoqchi. Klub futbolchini yanvar yoki iyul oylarida qo'lga kiritish ustida ishlamoqda.

Futbolchining amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Silva joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda