Florentino Peres Kloppni "Real"ni boshqarishga ko'ndirmoqchi

Alisher Ostonov
21 dek 2025
Yurgen Klopp "Real" bosh murabbiyligi uchun Xabi Alonsoning o'rniga davogarlardan biri hisoblanadi.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi "Liverpul"ning sobiq ustoziga to'p bilan ishlashni biladigan va o'yin suratini tezlashtira oladigan himoyachi va yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga vada bermoqda.

Ayni vaqtda "Real" 42 ochko bilan La Ligada 2-o'rinda bormoqda. O'tgan turda "qaymoqranglilar" "Sevilya" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Defenca Central