Florentino Peres avgustda De Xea borasidagi yangi muzokaralarni boshlaydi
Narzulla Saydullayev
27 iyul 2015, 14:21
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea baribir "Real"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib qoladi.
Ma'lumotlarga qaraganda, madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres avgust oyida manchesterliklar rahbariyati bilan muzokaralar olib borish uchun Angliyaga jo'nab ketadi.