Flik: "Yamal bu o'yinni unutishi kerak"

Mirjalol Normatov
28 noya 2025, 22:13
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shogirdi Lamin Yamalga "Chelsi"ga qarshi o'yinni unutishi kerakligini aytdi.

Vinger 80-daqiqada zaxiraga olinganidan keyin murabbiyiga noroziligini bildirgandi.

"Laminning kayfiyati yaxshi. Zaxiraga olinsa, ko'p futbolchilar norozi bo'lishadi. Men ham futbolchi bo'lganman va bazida holatlarga noto'g'ri qaraganman. Bu hissiyotlar bilan bog'liq.

Kukurelyani dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb bilaman. Unga qarshi o'ynash oson emas, u juda aqlli o'ynaydi va to'g'ri himoyalanadi.

Laminga maslahatlar berishim mumkin - u bu o'yinni unutishi kerak. Hozir biz uchun "Alaves" muhimroq, u bunda o'zining eg yaxshi o'yinini ko'rsatishi yaxshiroq", - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana