Flik: "Kanselu jamoaga yaxshi moslashyapti"

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qanot himoyachisi Joau Kanseluning o'yini haqida fikr bildirdi.

"Ko'k-anorranglilar" portugaliyalik himoyachini joriy oyda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubidan ijaraga olgandi.

Yakshanba kuni 31 yoshli futbolchi jamoaga qaytganidan so'ng ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va "Real Ovedo"ga qarshi La Liga bahsida 3:0 hisobidagi g'alabaga hissa qo'shdi.

"Kanselu yaqindagina keldi, ammo allaqachon o'z mahoratni namoyish qildi. U juda faol pressing qiladi. Joau jamoaga yaxshi moslashyapti va har bir mashg'ulotda o'sib borishga qodir", – dedi Flik.

Yangi futbolchi yakshanba kuni bo'lib o'tgan o'yinning 60-daqiqasida almashtirildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal