"Flamengo" PSJ hujumchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
14 apr 2020, 14:30
"Flamengo" tarkibini PSJ hujumchisi Edinson Kavani bilan kuchaytirib olishga qarshi emas.

Braziliya chempionlarining urugvaylik futbolchisi Arraskaeta terma jamoadagi sherigiga ushbu taklifni etkazishini aytgan.

Kavanining klub bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Edinson joriy mavsum Parij jamoasi tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi forvardi PSJga 2013 yilda "Napoli"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL