Firmino yangi jamoasi safida 18:0 hisobida g'alaba qozondi

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 19:36
Braziliyalik hujumchi mazkur bahsda dubl qayd etdi.

"Liverpul" sobiq yulduzi Roberto Firmino yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga kelib qo'shilganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Hujumchi arab o'lkasida o'zini ko'rsatishni boshladi.

Firmino yangi jamoasi bilan mavsumoldi o'rtoqlik o'yinida Avstriyaning ikkinchi ligasida ishtirok etadigan "UPS Shtulfelden"ni 18:0 hisobida tor-mor keltirdi. Braziliyalik o'yinchi mazkur bahsda ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia