

Yakshanba kuni braziliyalik futbolchi 8 yilini o'tkazgan jamoadan kyetishi munosabati bilan ziyofat uyushtirdi. Futbolchi jamoadoshlari, "qizillar" xodimlari, do'stlari va oila a'zolariga 200 ta shaxsiy sovg'a qutisini topshirdi.
Har bir qutida "With Love Bobby" (Muhabbat bilan Bobbi) so'zlari yozilgan o'yinchi libosi bor edi. Forma yoqasida muxlislar hujumchiga bag'ishlagan qo'shiqqa hurmat belgisi sifatida "Si Senor" deb yozilgan. Bundan tashqari, Roberto barchaga o'zining "FIRMINO" atiridan bir shishadan sovg'a qildi.
Shuningdek, hadyalar orasida Firminoning "Liverpul"dagi yutuqlari aks etgan kartochka ham bor edi.



