Firmino JCH-2022 uchun yakuniy ro'yxatdan joy olmaganiga qanday munosabat bildirdi?

Eldor Akmurzayev
9 noya 2022, 09:00
Avvalroq, Braziliya TJ ustozi Tite mundialda qatnashuvchi futbolchilar nomini e'lon qilgandi.

Braziliya terma jamoasi jahon chempionati uchun yakuniy ro'yxatni e'lon qildi

“Jahon chempionati – har bir o'yinchining orzusi va menda ham xuddi shunday. Kecha ishlar men istagandek bo'lmadi. Ammo ortga qarasam, bu orzu bilan yashashga imkon bergani uchun Xudoga shukur qilaman. Terma jamoada o'ynash esa men uchun doimo sharaf bo'lgan”, deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yozgan 31 yoshli hujumchi.

Eslatib o'tamiz, “Bobbi” joriy mavsum APLda 12 bahsda qatnashib, 6+3 natija ko'rsatib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru