Braziliya terma jamoasi jahon chempionati uchun yakuniy ro'yxatni e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
7 noya 2022, 23:15
Dushanba kuni Braziliya terma jamoasi boshlanishiga ikki haftadan kamroq vaqt qolgan jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomani e'lon qildi.

"Selesao" bosh murabbiyi Tite yakuniy ro'yxatga quyidagi futbolchilarni kiritdi:

Alisson, Ederson, Veverton – Danilo, Dani Alves, Tyago Silva, Markinos, Militao, Bremer, Aleks Sandro, Telles – Kazemiro, Fabino, Fred, Gimaraes, Paketa, Everton Ribeyro – Neymar, Vinisius, Rafinya, Antoni, Rodrigo, Jezus, Risharlison, Pedro, Martinelli.

Braziliya terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Serbiya (24 noyabr), Shveytsariya (28 noyabr) va Kamerun (2 dekabr) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN