"Fiorentina"ga "Milan" yarim himoyachisi kerak

Sherzod Nurmatov
30 apr 2020, 23:17
"Milan" hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa "Fiorentina" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Fiorentina" klubi 22 yoshli braziliyalikning agenti bilan muzokara olib bormoqda, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Lukas Paketa bu mavsum A Seriyada 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatma qayd etgan. 

Avvalroq, "Fiorentina" short-listida Rodrigo de Paul ("Udineze") va Ruslan Malinovskiy ("Atalanta") borligi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato