"Fiorentina" yulduzi "Manchester Yunayted" nishonida

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025
"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining shartnomasida 52 mln evro miqdorida sotib olish bandi mavjud bo'lib, u 1 iyuldan 15 iyulgacha amal qiladi.

Kin o'tgan mavsum 44 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport