"Fiorentina" Xorvatiya termasi himoyachisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyul 2023
"Fiorentina" Zagrebning "Dinamo"siga Xorvatiya termasi himoyachisi Yosip Shutalo bo'yicha rasmiy taklif yubordi.

Taklif etilgan summa 12 million evroni tashkil qilmoqda.

Ayni damda markaziy himoyachi "Ayaks"da ko'rikda bo'lib turgani ham e'tiborga loyiq.

O'tgan mavsum Shutalo barcha o'yinlarda 36 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka olgan. "Transfermarkt" portali 23 yoshli xorvatni 18 million evro deb baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо

O'xshash yangiliklar